#Buxoro_viloyat_bolalar_kutubxonasi
#Viloyat_seminari
“Namunali kutubxona maktabi” loyihasi doirasida Olot tumanidagi 17-IDUMda “Yozgi oromgohlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyati boʻyicha amalga oshirilgan ishlar” mavzusida viloyat oʻquv-amaliy seminari yuqori saviyada oʻtkazildi.
➡️Mazkur seminar ta’lim muassasalarida kutubxona faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda kutubxonachilarning kasbiy salohiyatini oshirishga xizmat qildi.
📚Seminar avvalida ishtirokchilar namunali maktab kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘quvchilarda mutolaa madaniyatini shakllantirish, kitobxonlikni ommalashtirish hamda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan bevosita tanishdilar.
🔵 Tadbir davomida viloyat bolalar kutubxonasi mutaxassislari tomonidan sohaga oid dolzarb yo‘nalishlar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Jumladan:
🎥“Yozgi oromgohlarda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar”
🎥 “ Maktab kutubxonalarida kreativ o‘yinlar loyihalari”
🎥 Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani taqdimoti
🎥Umumta’lim maktab kutubxonalarining 2026-2027 o‘quv yilida mo‘ljallangan yillik ish rejasini tuzish bo‘yicha tavsiyalar
🎥“Kutubxonachiga savol” tuman/shahar kutubxonachilari o‘rtasida soha va badiiy adabiyotlarga oid viktorina o‘tkazish
👑Tadbir davomida 17 IDUM o'quvchilari musiqiy chiqishlari bilan ishtirokchilar yuragidan muhim o'rin egalladi
🔹Shuningdek, seminar doirasida turli yo‘nalishlarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or metodlarni muhokama qilish hamda amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
💫Ushbu seminar zamonaviy maktab kutubxonalarini rivojlantirish, ularning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi bilan muhimdir.
tadbir so'ngida ishtirokchilar tashakkurnoma bilan taqdirlandilar
